O’zbekiston Respublikasi tibbiy turizm assotsiatsiyasi va oftalmologlar assotsiatsiyasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. O’zbekiston Respublikasi tibbiy turizm assotsiatsiyasi va oftalmologlar assotsiatsiyasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Avvalgi maqola
Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiya
Keyingi maqola
Oftalmologiya bo’yicha onlayn vebinar

12 avgust kuni doktor Maksudova klinikasida “O’zbekiston Respublikasi tibbiy turizm assotsiatsiyasi va oftalmologlar assotsiatsiyasi o’rtasida tibbiy turizm sohasida o’zaro hamkorlik to’g’risida” Memorandumni imzolash marosimi bo’lib o’tdi.

Hujjat tibbiy turizm sohasidagi faoliyatning oftalmologik yo’nalishini rivojlantirishda ikki tashkilotning yaqin hamkorligini nazarda tutadi va respublikada oftalmologik xizmatni yaxshilashga qaratilgan o’zaro loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan, xususan:

  • malakali kadrlar tayyorlash, ularning etakchi xorijiy klinikalarda amaliyot o’tashi va oftalmologiya va tegishli tibbiyot yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar almashishi uchun sharoit yaratish;
  • innovatsion tibbiy texnologiyalarni joriy etish bo’yicha konsalting, trening va boshqa xizmatlarni tashkil etish;
  • turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.

Bu hujjat Assotsiatsiyamiz va uning a’zolari uchun tobora ko’proq imkoniyatlarni ochib beradi!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Menyu