O‘zbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi vakillarining Buyuk Britaniya Qirollik Tibbiyot Jamiyati vakillari bilan uchrashuvi.

  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. O‘zbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi vakillarining Buyuk Britaniya Qirollik Tibbiyot Jamiyati vakillari bilan uchrashuvi.
Avvalgi maqola
Buyuk Britaniya Qirollik oftalmologlar kolleji (The Royal College of Oftalmologists) vakili bilan uchrashuv
Keyingi maqola
Bolalar oftalmologiyasiga bag’ishlangan seminar

2022-yilning 8-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi ko‘magida (videokonferensaloqa orqali) O‘zbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi (AORU) va Buyuk Britaniya Qirollik Tibbiyot Jamiyati (KTJ) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

KTJ – bu rejalashtirilgan asosda tibbiyot mutaxassislarini, shu jumladan oftalmologiya sohasida malaka oshirishni ta’minlaydigan ta’lim birlashmasi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi, xususan:

  • AORU a’zolarining har oyda KTJ tomonidan o’tkaziladigan tematik tibbiy simpoziumlarda ishtirok etishi;
  • oftalmologlarni ilmiy kuzatuvchi (observation), shuningdek, O‘zbekiston tibbiyot ta’lim muassasalari xodimlarini KMO va Buyuk Britaniyadagi klinikalarda KMO akademik fondini moliyalashtirish doirasida (visiting professorship) tayyorlash;
  • ham mutaxassis-mutaxassis formatida, ham AORU-KTJ formatida qo’shma mavzuli uchrashuvlar o’tkazish;
  • Western Eye Hospital (London) da o‘zbekistonlik oftalmologlar uchun 2 haftalik amaliyot o‘tkazish.

Yuqoridagi qo‘shma tadbirlarni tashkil etishni moliyalashtirish masalalari ham oldindan muhokama qilindi.

Tomonlar bir-birlariga tegishli ma’lumotlarni yuborishga, shuningdek, barcha masalalarni batafsilroq muhokama qilish uchun qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Menyu