II Халқаро илмий-амалий конференция

«Офталмологияда инновацион технологиялар – ITO 2025»

Тошкент шахар Тошкент сити, Хилтон мехмонхонаси
2025 йил 16 май

Hurmatli hamkasblar!

2025-yil 16-may kuni O‘zbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi tomonidan “Oftalmologiyada innovatsion texnologiyalar – 2025” mavzusida II Xalqaro ilmiy-amaliy oftalmologik konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyaning maqsadi — oftalmologik kasalliklarni aniqlash va davolashda zamonaviy innovatsion uslublar bilan tanishtirish, hamda ularni ilmiy-amaliy faoliyatga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat.

Konferensiya oftalmolog shifokorlar, tibbiyot OTMlarining oftalmologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari, yaqin va uzoq xorijiy davlatlardagi mutaxassislar, aspirantlar, rezidentlar va klinik ordinatorlar uchun mo‘ljallangan edi.

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

  • Glaukoma: kecha, bugun va ertaga;
  • Ko‘zning old segmenti patologiyasi;
  • Refraksion buzilishlar;
  • Bolalar oftalmopatologiyasi;
  • Oftalmologiyada innovatsion diagnostika va davolash usullari.

Konferensiyada O‘zbekiston, Belarus, Rossiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Hindiston va AQShdan kelgan 850 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbir Hilton Tashkent City mehmonxonasining konferensiya zalida bo‘lib o‘tdi. Unda 550 nafardan ortiq ishtirokchi an’anaviy (offlayn) shaklda qatnashgan bo‘lsa, yana 300 dan ortiq ishtirokchi Assotsiatsiyaning rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda jonli translyatsiyani kuzatdi.

Konferensiya davomida 52 nafar spiker chiqish qildi, shuningdek quyidagilar taqdim etildi:

  • 80 dan ortiq ilmiy maqolalar;
  • 22 tezis;
  • 15 ilmiy maqola;
  • 52 ta taqdimot.

Ishtirokchilar konferensiya dasturining mazmunan boyligi, mavzular dolzarbligi va spikerlarning yuqori professionallik darajasini yuksak baholadilar.

Konferensiyaning barcha elektron materiallari O‘zbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasining rasmiy veb-saytida mavjud, shuningdek ular “Zamonaviy oftalmologiya” jurnalining 13-jildi, 2-sonida, 2025-yil may oyida chop etilgan.

ITO-2025 tashkiliy qo‘mitasi va O‘zbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi konferensiyaning barcha rasmiy hamkorlariga bildirilgan yordam, faol ishtirok va mamlakatimiz oftalmologiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi!

Манзил

Тошкент шахар, “Хилтон Ташкент Сити” мехмонхонаси.

Бош асосий ҳамкор
Бош ҳамкор
Ҳамкорлар
Menyu