Biz ijtimoiy tarmoqlarda
MAQSADLAR
Maqsadlar
- Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi mamlakat aholisi o’rtasida ko’z kasalliklarini diagnostikasi, davolash va profilaktikasini takomillashtirishga yordam berish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishda yordam berish, shuningdek a’zolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.
- O’z maqsadlariga erishish uchun Assotsiatsiya quyidagi vazifalarni bajaradi: oftalmologiyaning barcha yo’nalishlarini rivojlantirish va O’zbekiston Respublikasida sohaning obro’sini oshirish.
- Ushbu Ustavda belgilangan maqsadlarga erishish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, xalqaro va xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
- Sog’liqni saqlash tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda ko’z va uning yordamchi o´rganlari kasalliklarida tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
- O’zbekiston Respublikasida mavjud oftalmologik klinikalar va ilmiy markazlarni yaratish va takomillashtirishda ishtirok etish.
- Tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, sarflanadigan materiallar, bemorlarni parvarish qilish va dori vositalari bilan ta’minlashda ishtirok etish; oftalmologiya sohasida ilmiy, statistik, epidemiologik va boshqa tadqiqotlarni mustaqil ravishda olib borish.
- Tibbiy ta’lim sifatini oshirishga hissa qo’shish.
- Oftalmologlarni, shu jumladan malakali kadrlarni tayyorlashning turli shakllarini tashkil etishga ko’maklashish.
- Assotsiatsiya maqsadlariga muvofiq mustaqil ravishda va davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda konferentsiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar, “davra suhbatlari”, “maktablar”, munozaralar, ma’ruzalar va boshqa tadbirlarni (shu jumladan xalqaro) tashkil etish va o’tkazish.
- Ushbu Ustavda belgilangan vazifalar to’g’risida ma’lumot berish uchun Assotsiatsiya rasmiy veb-saytini yaratish va olib borish.
- Oftalmologiya sohasidagi professional faoliyatga taalluqli zamonaviy texnik va axloqiy standartlar va talablarni ilgari surish.
- Jamoat tashkilotlari va muassasalarida, shu jumladan sudlarda o’z a’zolarining huquqlarini himoya qilishda yordam berish.
- Manfaatdor mahalliy, horijiy va xalqaro tashkilotlar va muassasalar bilan xamkorlikni yo´lga qo´yadi, oftalmologiya sohasida samarali xalqaro xamkorlik tizimini yaratishga yordam berish.
- Shartnomalar va bitimlar tuzish.
- Manfaatdor tashkilotlar va mulkchilikning turli shakllari bo´lgan korhonalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, ular bilan birgalikda faoliyat yuritish uchun dasturlar va loyixalarni ishlab chiqish;
- Ixtiyoriy ravishda jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan chet ellik investorlardan rag´batlarni va turli grantlarni jalb qilish.
- Xayriya faoliyatini amalga oshirish.
- Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlari hamda ushbu Ustavda ta´qiqlanmagan va belgilanmagan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.



