Buyuk Britaniya Qirollik oftalmologlar kolleji (QOK) vakillari Bet Barnes (Kasbiy yordam bo’limi) va Aleks Tytko (o’qitish bo’limi) bilan navbatdagi uchrashuv (videokonferentsiya orqali) bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi, xususan:
- o‘zbek oftalmologlarini Buyuk Britaniyada tayyorlash;
- oftalmologiya sohasida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- sifatli tibbiy xizmatlar ko’rsatishning ilg’or xalqaro standartlarini joriy etish sohasida tajriba almashish;
- O‘zbekiston oftalmologlarining ilmiy ishlarini QOK “Eye Journal” jurnalida chop etish imkoniyati;
- o‘zbekistonlik oftalmologlarning yillik oftalmologiya konferensiyasida (23-may, Glazgo) tinglovchi sifatida ishtirok etishi, shuningdek, 2023-yilda o‘tkaziladigan shunga o‘xshash konferensiyasida ma’ruzachilar sifatida ishtirok etishi.
Tomonlar ushbu masalalarni batafsil o‘rganish uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishga va ularni amalga oshirishni boshlashga kelishib oldilar.




