Har yili oktyabr oyining ikkinchi payshanbasida Butunjahon ko’rlikka qarshi kurashish kuni ko’rlik, ko’rish qobiliyati buzilishi va ko’rish qobiliyati buzilgan odamlarni reabilitatsiya qilish muammolariga butun dunyo e’tiborini jalb qilish uchun o’tkaziladi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’ylab 37 millionga yaqin ko’rlar va 124 million ko’zi ojizlar qayd qilingan. O’zbekistonda, mustaqil manbalarga ko’ra, har ikkinchi odam ma’lum darajada ko’rish buzilishiga ega.
Butunjahon ko’rlikka qarshi kurashish kuni doirasida O’zbekiston oftalmologlar assotsiatsiyasi, Doktor Maksudova innovatsion klinikasi bilan birgalikda “Ko’rish – barcha uchun” xayriya aksiyasini o’tkazdi. Unda Toshkent shahridagi 225-son umumta’lim maktabi o’quvchilari tekin ravishda to’liq oftalmologik ko’rikdan o’tkaziladi.
Esda tutingki, ko’rish buzilishining 80% holatlarining oldini olish yoki davolash mumkin!
Har doim ko’z gigienasiga amal qiling va shifokor nazoratida bo’lishni yodda tuting!




