A’ZO BO’LISH

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

A’zo bo’lish

  1. Assotsiatsiyaga a’zolik ixtiyoriydir.
  2. Assotsiatsiya azoligiga mazkur ustavni tan oladigan 18 yoshga to’lgan jismoniy shahslar (O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo´lmagan shahslar) va jamoalar kirishi mumkin.
  3. Assotsiatsiyaga a´zolikka qabul qilish jarayoni Assotsiatsiyaning hududiy bo’linmalari tomonidan ularning yozma arizalari va a´zolik to´lovi to´lanishi orqali amalga oshiriladi.
  4. Jamoaviy a´zo bo´lish masalasi Assotsiatsiya Boshqaruvinining navbatdagi yig´ilishida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi, shuningdek rad etilishi mumkin.
  5. Assotsiatsiya a´zolikdan ihtiyoriy ravishda chiqib ketish, Assotsiatsiya Boshqaruviga a´zolikdan ihtiyoriy ravishda chiqib ketish xaqidagi yozma ravishdagi murojati taqdim etilgandan so´ng, a´zolik o´z kuchini yo´qotgan hisoblanadi.
  6. Assotsiatsiya a´zolikdan mahrum etish yoki uni vaqtinchalik to´xtatib qo´yish Assotsiatsiyaning Boshqaruvi yigilishida ko’riladi.
  7. Assotsiatsiya Ustaviga rioya qilmagan a´zolar, uzini hatti-harakatlari bilan Assotsiatsiyaning obro’-e´tiborini tushuradigan a´zolarning masalasi ham Boshqaruvda ko´rib chiqiladi. Azolikdan mahrum bo’lish haqidagi qaror Assotsiatsiya Boshqaruvi a´zolarining ko´pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi. Assotsiatsiyaning Boshqaruvi a´zolikdan chiqarish to´g´risidagi qarorini qabul qilgan bo´lsa, u holda shaxs a´zolik huquqini yo´qotgan hisoblanadi va a´zolikni yo´qotgan shaxsga qonunda belgilangan muddatlarda xabar beriladi.
  8. Assotsiatsiya a´zolari quyidagi hollarda ham a´zolikdan mahrum bo´lishlari mumkin:
  9. Azolikdan chiqqan yoki vafot etgan taqdirda;
  10. O´zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzganligi uchun sud qarori asosida jinoiy javobgarlikka tortilganda
  11. Mazkur Ustavini qo´pol ravishda buzgan holda, hamda Assotsiatsiyaga ma´naviy, moddiy yoki iqtisodiy zarar yetkazgan taqdirda.

 

  1. Assotsiatsiya a´zolari quyidagi huquqlarga ega:
    • Assotsiatsiya rahbar va nazorat-taftish organlariga saylash va saylanishga;
    • Assotsiatsiya loyixa va dasturlarini yaratish ularni amalga oshirishda qatnashish, Assotsiatsiya faoliyatining muhokamasida qatnashish;
    • Assotsiatsiya rahbar organlariga Assotsiatsiya faoliyatini rivojlantirish masalalari bo´yicha takliflar kiritish;
    • Assotsiatsiya tomonidan o´tkizilayotgan barcha tadbirlarda faol qatnashish;
    • Assotsiatsiya faoliyatining barcha yo´nalishlari bo´yicha ma´lumot olish.
    • Assotsiatsiya a´zolari tarkibidan ihtiyoriy ravishda chiqib ketish;
  2. Assotsiatsiya barcha a´zolari teng huquq va majburiyatlarga ega .
  3. Assotsiatsiya a’zolarining majburiyatlari:
  4. Assotsiatsiya Ustaviga rioya qilish. Assotsiatsiya tomonidan tasdiqlangan qoidalar, ustavlar va Assotsiatsiya faoliyatini yurituvchi boshqa ichki intizomiy hujjatlariga rioya etish.
  5. Turli tadbirlar paytida xavfsizlik talablariga qat´iy rioya qilish
  6. O´zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonun hujjatlari va Assotsiatsiya Ustavi ,nodavlat notijorat tashkilotlariga oid qonun hujjatlari talablariga qatiy amal qilish.
  7. Assotsiatsiya maqsad va vazufalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish.

Oftalmologlar assotsiatsiyasiga a’zo bo’lishga Ariza yuborish uchun, iltimos, formani yuklab oling va to’ldiring, so’ngra quyidagi shaklga ilova qilib bizga yuboring.

Oftalmologlar assotsiatsiyasiga a'zo bo'lish uchun ariza

    *bilan belgilangan joylar to’ldirishni talab qiladi Arizani topshirish orqali siz Maxfiylik siyosatini qabul qilasiz
    Menyu