🎉 Xalqaro Oftalmologlar kuni bilan tabriklaymiz! 👁

  1. Bosh sahifa
  2. Yangiliklar
  3. 🎉 Xalqaro Oftalmologlar kuni bilan tabriklaymiz! 👁
Avvalgi maqola
Buyuk Britaniya Qirollik oftalmologlar kolleji vakillari bilan navbatdagi uchrashuv

🎉 Xalqaro Oftalmologlar kuni bilan tabriklaymiz!

Hurmatli hamkasblar!

Bugun, butun dunyo bo‘ylab insonlarning ko‘rish salomatligini asraydigan va ularning hayot sifatini yuksaltiradigan siz aziz oftalmologlar bayramingizni nishonlamoqdamiz!

 

O‘zbekiston Oftalmologlar Assotsiatsiyasi nomidan har biringizga chuqur minnatdorlik bildirgan holda, mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatingizda kuch-g‘ayrat, sog‘liq va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

 

Sizning bilim va tajribangiz, insoniy yondashuvingiz minglab bemorlarning yorqin kelajagiga yo‘l ochmoqda.

Siz — ko‘z nuri, hayot sifati va umid timsolisiz!

👁‍🗨 Oftalmologiya yo‘lida birgalikda olg‘a!

Hurmat bilan,

O‘zbekiston Oftalmologlar Assotsiatsiyasi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Menyu